Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemaladagi yer o‘pirilishi tufayli halok bo‘lganlar soni 131 nafarga yetdi
Gvatemalada 4 oktabrga o‘tar kechasi yuz bergan yer ko‘chkisi tufayli halok bo‘lganlar soni 131 nafarni tashkil etmoqda.
Bundan oldin mamlakatning Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetida sodir bo‘lgan va mamlakat tarixidagi eng fojiali hodisa deb e'tirof etilayotgan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 102 nafarga yetgani xabar qilingandi.
Qutqaruvchilar tuproq ostida qolganlar orasidan tirik qolganlar topilishiga umid yo‘qligini aytishgan.
Shunga qaramasdan hodisa sodir bo‘lganidan 72 soat vaqt o‘tganicha qidirish ishlari olib boriladi.
Ushbu falokat tufayli 125ta uy qalin tuproq ostida qolgan.