Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemaladagi ko‘chki qurbonlari soni 87 kishiga yetdi
Gvatemalaning Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetida sodir bo‘lgan va mamlakat tarixidagi eng fojiali hodisa deb e'tirof etilayotgan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 87 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters hukumat manbalariga tayangan holda.
Mamlakat hukumatining ma'lum qilishicha, bedarak yo‘qolganlarning soni o‘zgarmagan, 300 nafarligicha qolgan.
Rasmiy shaxsning ma'lum qilishicha, valantyorlar qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashmasliklari mumkin. Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari o‘tayotgan hududni 500 nafarga yaqin politsiya xodimi va askar qo‘riqlamoqda.