Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:52 / 05.10.2015
3939
1 daqiqa o‘qiladi
Indoneziyada falokatga uchragan samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgani aytilmoqda
Indoneziyada falokatga uchragan Aviastar kompaniyasining samolyoti bortida bo‘lgan barcha 10 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bu haqda Janubiy Sulavesi viloyati politsiyasi vakili ma'lum qildi.
Avvalroq yo‘qolgan De Havilland Canada DHC-6 Twin Otter samolyoti qidirish ishlari qayta boshlangani ma'lum qilingandi.
Samolyot ekipaji Sulavesi orolidagi Makasar shahriga qo‘nishiga yarim soat qolganda aloqaga chiqmay qo‘ygan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish