Jahon | 07:50 / 05.10.2015
7965
1 daqiqa o‘qiladi

IShID jangarilari Palmiradagi Triumfal arkni portlatib yuborishdi

Suriyaning Palmira shahridagi antik davrga oid obidalardan yana biri bo‘lmish Triumfal ark IShID jangarilarining navbatdagi xunrezligi nishoniga aylandi.

As-Safir nashrida ma'lum qilinishicha, ushbu me'moriy obida ulkan miqdordagi portlovchi moddalar sarflanishi orqali yo‘q qilingan.

Qayd etish kerakki, miloddan avvalgi 2-asrga mansub ark shu davrgacha tarix silsilalariga dosh berib, o‘zining 20 metrlik balandligini saqlab kelgandi.

Olimlar mamlakatdagi siyosiy inqiroz tufayli barcha tarixiy obidalarning yo‘qotilishidan xavotir olishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish