Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki qashshoqlikning rekord darajada tushishini qayd qildi
2015 yilda sayyora aholisi orasida qashshoqlik darajasi 10 foizdan pastga tushdi. Bu haqda Jahon banki ma'lumotlari dalolat bermoqda.
Rekord darajadagi bunday tushish hisob-kitobning yangi metodikasi tufayli qayd qilindi. Unga ko‘ra, bir kunlik daromadi 1.9 dollardan oshmaydigan odamlar “o‘ta qashshoq” deb tan olinadi. Ilgari bu ko‘rsatkich 1.25 dollar darajasida edi.
Shuningdek, kambag‘allik darajasi dunyo miqyosida 3.2 foizga tushgan: sayyora aholisining 12.8 foizi (902 mln kishi) 2012 yilda kambag‘al bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 9.6 foizga yoki 702 mln kishiga tenglashdi.