Jahon | 09:41 / 05.10.2015
13942
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Suriyadan uch ming jangari qochib ketgani haqida xabar qildi

IShID, “Jabhat an-Nusra” va “Jaysh al-Yarmuq” guruhlarining uch mingdan ziyod jangarilari prezident Bashar Asad va Rossiya aviatsiyasi zarbalari natijasida Suriyadan Iordaniya hududiga qochib o‘tdi. Bu haqda 5 oktabr kuni RIA “Novosti” harbiy manbaga asoslanib xabar qildi.

Axborot manbasining so‘zlariga ko‘ra, 4 oktabr kuni Damashq atrofidagi shaharlar, Dayr-az-Zor va Xoms provinsiyalari, jumladan, qadimiy Palmira shaharlaridagi terrorchilarning pozitsiyalariga zarbalar berilgan. Dayr-az-Zorda harbiylar IShIDga tegishli bir qator aholi punktlarini qaytarib olishga harakat qilgan. Janglar jarayonida 160 nafardan ziyod jangarilar yo‘q qilingan. Terroristlar esa ichiga portlovchi moddalar to‘ldirilgan 3 dona BMPni portlatib yuborgan. Suriya armiyasidan jarohatlanganlar bor.

Ma'lum qilinishicha, harbiylar Xoms provinsiyasidagi Palmira shahri yaqinida terrorchilarning ikkita kolonnasini yo‘q qilgan va yuborilgan artilleriya zarbalari natijasida 17 jangari halok bo‘lgan. Xuddi shu provinsiyada Suriya aviatsiyasi va artilleriyasi tomonidan “Jabhat an-Nusra”, “Kataib al-Faruq”, “Ahror ash-Shom” nishonlariga ham zarbalar berildi.

4 oktabr kuni Rossiya aviatsiyasi terroristlar o‘z poytaxti deb e'lon qilgan Suriyaning Rakka shahridagi IShID nishonlariga zarbalar berilishi natijasida jangarilar o‘z oila a'zolarini IShID nazorati ostida bo‘lgan Iroqning Mosul shahriga evakuatsiya qilishni boshlagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish