Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: jahon savdosi qoidalarini faqatgina AQSh o‘rnatadi, boshqa davlatlar emas
AQSh prezidenti Baraka Obama 5 oktabrda Trans-Tinch okeani savdo hamkorligi haqida 12 tomonlama kelishuv tuzilgani tasdiqladi va shu munosabat bilan jahon savdosi qoidalarini boshqa davlatlar emas, aynan AQSh yozadi, deb ma'lum qildi.
"Bizning 95 foiz muqarrar mijozlarimiz bizning chegaralardan tashqarida yashaydigan bir holatda, biz Xitoy kabi davlatlarga global iqtisodiyot qoidalarni yozishga imkon bera olmaymiz. Biz AQSh mahsulotlari uchun yangi bozorlarni ocha turib hamda xodimlar va atrof-muhitni himoya qilish uchun yuqori standartlarni o‘rnatib, bu qoidalarni yozishimiz kerak. Bugun Atlantada erishilgan kelishuv buni ta'minlaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Obama.