Jahon | 18:30 / 05.10.2015
3529
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda travmatik qurollardan foydalanishga taqiq kiritiladi

2016 yilning 1 yanvaridan boshlab Qozog‘istonda rezina o‘q otishga mo‘ljallangan travmatik va gaz-travmatik qurollardan foydalanish taqiqlanadi.

Taqiqlangan qurollarni topshirmagan fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgani yoki ruxsat berilganidan qat'i nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi, deya yozmoqda “Karavan”.

Mazkur qurollarni topshirish aksiyasi 2015 yil avvalidan boshlangan edi. Birgina Semey politsiyasiga shu vaqtga qadar 388 to‘pponcha topshirildi. Ular uchun mukofot puli 30-150 ming tengeni tashkil etadi.

O‘z-o‘zini mudofaa qilish vositasi sifatida faqatgina gaz patronli to‘pponcha va elektroshok uskunasiga ruxsat berilgan. Ularni olib yurish uchun esa ichki ishlar organlaridan tegishli ruxsat olish talab etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish