Jahon | 15:37 / 05.10.2015
5286
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya: Suriyadagi operatsiya IShIDda boshqaruvni izdan chiqarishga yo‘naltirilgan

Rossiya havo kosmik kuchlarining Suriyada amalga oshirayotgan aviazarbalari IShID guruhining boshqaruv tizimi va moddiy-texnik ta'minotini izdan chiqarishga qaratilgan.

Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili mayor Igor Koronashenko matbuot anjumani chog‘ida xabar qildi.
“Barcha zarbalar IShID guruhining boshqaruv tizimi va moddiy-texnik ta'minotini izdan chiqarishga qaratilgan”, - dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish