Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:17 / 05.10.2015
6519
1 daqiqa o‘qiladi
Suriyadagi Hmaymim aviabazasida Rossiyaning Su-30SM qiruvchilari joylashtirildi
Suriyaning Lataqiya shahri yaqinidagi Hmaymim aviabazasida Rossiyaning Su-30SM qiruvchilari joylashtirildi. Bu haqda Rossiya havo kosmik kuchlari vakili Igor Klimov bayonot berdi.
"Bu tortishi vektorini o‘zgartirsa bo‘ladigan yuqori manyovrli qiruvchidir. Havo kosmik kuchlari qurollanishiga bir necha yil muqadadm keltirilgan ", — tushuntirdi Klimov jurnalistlarga.
Samolet "4++" avlodiga mansub bo‘lib, havodagi va yerdagi obektlarni yo‘q qilish hamda havoda vaziyatni nazorat ostiga olishga xizmat qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish