Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegraph: Rossiyaning Suriyadagi harbiy kompaniyasi neft narxining oshishiga olib keladi
Rossiyaning Suriyadagi harbiy kompaniyasi neft narxining oshishiga olib keladi. Bu haqda The Telegraph nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Quvayt boshlab bergan neft narxining tushishi Rossiya iqtisodiyotiga o‘ta salbiy ta'sir o‘tkazdi.
Agar bu tendensiya keyingi yilgacha saqlanib qolsa, “rossiyaliklarda o‘z yetakchilarga ko‘plab savollar tug‘iladi”.
Ayni paytda jahon bozorlariga har kuni 2 mln barrel ortiqcha neft yetkazib berilayotganiga qaramay, yetakchi ishlab chiqarish hajmini qisqartirishni rejalashtirmayapti.
Muallifning fikricha, Suriyadagi harakatlari bilan Rossiya AQSh bilan o‘rin almashmoqchi. Ayni paytda AQSh Rossiyani bankrotlik yoqasiga olib bormoqchi, bu esa Moskvani qoniqtirmaydi.