Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Husayn va Kaddafi bilan Yaqin Sharq barqarorroq bo‘lar edi
AQSh prezidentligiga nomzod, millarder Donald Trampning fikricha, Iroq va Liviya prezidentlari Saddam Husayn va Muammar Kaddafi o‘z o‘rinlarida bo‘lganida, Yaqin Sharqdagi vaziyat hozirlikda bu qadar keskin bo‘lmas edi.
“Siz buning isbotini biz Liviyada qilgan ishlardan hamda uning oqibatlaridan bilishingiz mumkin, - uning so‘zlarini keltiradi NBC. – Bu xaos. Saddam Husayn va Iroqni esga oling, u yerda nimalar qilganimizga qarang”.
Shuningdek Tramp Rossiyaning Suriyadagi xatti-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, “Putin u yerda IShIDni kunpayakun” qilayotganidan mamnuniyatini bildirdi.