Jahon | 12:55 / 06.10.2015
5664
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: Suriya osmonida aviatsiyaning ko‘pligi jiddiy xavf tug‘diradi

Suriya havo hududida turli koalitsiyalarning harbiy operatsiyalar o‘tkazayotganligi xavfli vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bayonot berdi.

“Turli koalitsiyalar Suriya osmonida operatsiyalar o‘tkazmoqda. Bu nozik vaziyatni yuzaga keltirmoqda, va bu vaziyat xavf-xatarga to‘ladir”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Misol tariqasida u Turkiya havo chegarasining Rossiya samolyoti tomonidan buzilishini keltirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish