Sport | 21:48 / 06.10.2015
7380
1 daqiqa o‘qiladi

Chagayev va Okendo o‘rtasidagi revansh jang bekor qilindi

Promouter Timur Dugazayev WBA tasnifi bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda muntazam chempion Ruslan Chagayev (O‘zbekiston, 34-2-1, 21 ta nokaut) va Fres Okendo (Puerto-Riko, 37-8, 24 ta nokaut) o‘rtasidagi revansh jang bekor qilinganini ma'lum qildi.

"17 oktabrda Germaniyaning Kil shahrida bo‘lishi kerak bo‘lgan jang puertorikolik bokschi yelkasidan jarohat olgani tufayli bekor qilindi", deb aytmoqda Chagayevning promouteri.

Dugazayevning aytishicha, Chagayev 17 oktabrda ringga chiqmaydi, chunki ikki hafta ichida unga barcha jihatlar bo‘yicha mos keladigan raqibni topish juda murakkabdir.

"Ruslanning keyingi taqdirini WBA hal qiladi, chunki aynan u jangni belgilagan. Chagayevning chempionlik kamari uchun majburiy raqibi Lukas Braun hisoblanadi", deb ta'kidlamoqda Dugazayev.

Avvalroq, o‘tgan yilning iyulida Chagayev Grozniyda bo‘lib o‘tgan Okendoga qarshi jangda ochkolar (115:113, 115:113, 114:114.) bo‘yicha g‘olib bo‘lgandi.