Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Bashar Asadni "terrorizmga homiylik qilish"da aybladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriya prezidenti Bashar Asadni "terrorizmga homiylik qilish"da ayblab chiqdi. Bu haqda "Interfaks" xabar bergan.
"Tushinish kerakki, muhojirlar muammosi Suriyadagi urush tufayli. U yerdagi terrorizmga esa Bashar Asadning o‘zi homiylik qiladi", deydi Erdo‘g‘an Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk bilan uchrashuvidan keyin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada yuzaga kelgan migratsion inqirozni bartaraf etish uchun terrorizmga qarshi maxsus guruhlar tuzish va ularni qurollantirish kerak bo‘ladi.
Biroz oldinroq, Erdo‘g‘on Yevroittifoq kelajagini Turkiyasiz tasavvur eta olmasligini aytib o‘tgandi.