Jahon | 01:32 / 06.10.2015
4941
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada sayyohlar uchun 365 metrlik osma kanat ko‘prik ochildi

Germaniyada Zosberg munitsipaliteti (Reynland-Pfalts yeri) yaqinida mamlakatdagi eng uzun osma kanat ko‘prik ochildi. T Online nashrining ma'lum qilishicha, uning uzunligi 365 metrni tashkil qiladi.

90 metr balandlikda joylashgan ko‘prik Saar-Xunsryuk tabiiy bog‘i hududidan o‘tgan, o‘rmon bilan qoplangan Mozel daryosi vodiysi ustidan o‘tadi. Bunday ko‘prikni qurish g‘oyasi mahalliy hokimiyatga tegishli bo‘lib, ular shu yo‘l bilan hududga sayyohlarni jalb qilishmoqchi bo‘lishgan.

Ko‘prikni qurish bilan shveysar qurilish kompaniyasi shug‘ullangan. Qayd etilishicha, ko‘prikning narxi 1,1 mln yevroni tashkil qilgan va uni qurish uchun 130 kun ketgan.

The Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, mahalliy hokimiyat ko‘prik har yili 170 ming sayyohni jalb qilishiga umid bildirmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ulardan 50 mingga yaqini bir kundan ko‘proqqa tashrif buyurib, yaqin oradagi mehmonxonalarda joylashadi va bu mahalliy byudjyetni har yili qo‘shimcha 2,5 mln yevroga to‘ldirishga imkon beradi.
Joriy yilda avvalroq Saar-Xunsryukda 190 km lik yo‘lovchi yo‘li ochilgan edi.

Dunyodagi eng uzun osma kanat ko‘prigi 2014 yilda Tirolda (Avstriya) foydalanishga topshirilgan. Uning uzunligi 405 metrni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish