Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID jangarilari Palmiradagi Rim amfiteatrini portlatib yuborish bilan tahdid qilmoqda
IShID terrorchilari Suriyaning Xoms viloyatidagi qadimiy Palmira shahrida joylashgan Rim amfiteatrini minalashtirdi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.
“Ushba xabar to‘g‘ri. Bizga bu haqda Palmiradagi biz ishonadigan bir qancha fuqarolar ma'lum qilishdi. IShID... amfiteatrni minalashtirdi. Ular Suriya kuchlari tarixiy yodgorliklarga qarata o‘t ocha olmasligini bilishadi. Agarda hujum yoki tahdid tug‘ilsa, ular qolgan yodgorliklarni ham minalashtirishni davom ettirishadi. Ushbu harakatlar noinsoniylik va madaniyatsizlikdir”, - dedi Suriya Madaniyat vaziri o‘rinbosari Ali al-Qayim.
Avvalroq Suriyaning Palmira shahridagi antik davrga oid obidalardan yana biri bo‘lmish Triumfal ark IShID jangarilari tomonidan portlatib yuborilgan edi. Qayd etish kerakki, miloddan avvalgi II asrga mansub ark shu davrgacha tarix silsilalariga dosh berib, o‘zining 20 metrlik balandligini saqlab kelgandi.