Jamiyat | 07:37 / 06.10.2015
2507
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniya gubernatori evtanaziyaga ruxsat berish bo‘yicha qonunni imzoladi

AQShning Kaliforniya shtatida evtanaziya – davolab bo‘lmas kasallikdan aziyat chekuvchi og‘ir bemorning hayotini to‘xtatish amaliyotiga qonunan ruxsat berildi.

Shtat gubernatori Jyerri Braun shu bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi. Shu tariqa Kaliforniya AQShda evtanaziyaga qonun bilan ruxsat berilgan 5-shtatga aylandi. Bungacha Montana, Nyu-Mexiko, Oregon, Vermont va Vashington shtatlarida ham evtanaziyaga qonun orqali ruxsat berilgandi.

Bu amaliyot shuningdek, Belgiya, Gollandiya va Shveytsariyada qonuniylashtirilgan.

Kaliforniyada qabul qilingan qonunga ko‘ra, bemorni davolayotgan shifokorlardan 2 nafari bemorning umri tugashiga ko‘pi bilan 6 oy qolgani haqida xulosa qilishi evaziga evtanaziyaga ruxsat beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish