Jahon | 11:28 / 06.10.2015
6691
1 daqiqa o‘qiladi

Makkada kranning qulashi: muhandislar so‘roq qilindi

Saudiya Arabistoni tergov va prokuratura byurosi Makka shahrida sodir bo‘lgan fojia yuzasidan olib borilayotgan tekshiruvlar doirasida kran qulashiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 9 nafar muhandis va operatorni so‘roq qildi.Bu haqda ArabNews nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, surishtiruv jarayonida byuro texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha hujjatlar va shartnomalarni o‘rganib chiqqan. Shu asosda voqeaga aloqadorlikda gumon qilingan barcha xodimlar tergov qilinmoqda.

Taftish ishlarini o‘tkazayotgan komissiyaga, tergovchilardan tashqari, qurilish va texnik xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislari ham jalb qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish