Jamiyat | 15:03 / 06.10.2015
4882
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi Qozon vokzalida granata portlatish bilan tahdid qilgan mast o‘zbekistonlik hibsga olindi

Rossiyaning Moskva viloyatidagi Voskresenskiy tumanida Moskva shahrida joylashgan Qozon vokzalida granata portlatish bilan tahdid qilgan mast o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Huquqni muhofaza qilish organlarining “360 Podmoskove” telekanaliga xabar qilishicha, qo‘lga olingan shaxs yashagan kvartira tintuv qilinganda, portlovchi uskuna topilmadi.

4 oktabr kuni 21:45 da 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosi politsiyaga murojaat qilib, 37 yoshli hamyurti vokzalda granata portlatish bilan tahdid qilgani to‘g‘risida xabar bergan. Keyinchalik oydinlik kiritildiki, tumandagi turar joy binolaridan birida birgalikda alkogol ichish vaqtida ushbu tahdid tilga olingan.
Mazkur ish yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish