Jamiyat | 12:35 / 06.10.2015
3858
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev va Poroshenko Ostonada Minsk kelishuvlari ijrosini muhokama qilishadi

Qozog‘iston va Ukraina prezidentlari Nursulton Nazarboyev va Pyotr Poroshenko Ostonada uchrashuvi o‘tkazib, Minsk kelishuvlari ijrosi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Nazarboyevning matbuot xizmati xabar berdi.

Poroshenkoning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi 9 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ikki davlat rahbari o‘zaro savdo va iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishadi.
“Nursulton Nazarboyev va Pyotr Poroshenko jahon siyosati kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, Minsk kelishuvlarining ijrosi masalasini muhokama qilishlari kutilmoqda”, - deyiladi xabarnomada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish