Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Oregondagi 9 kishi otib o‘ldirilgan kollejga boradi
Amerika Qo‘shma Shtatlar prezidenti Barak Obama 9 oktabr kuni to‘qqiz kishi otishma qurboni bo‘lgan Oregon shtati Rouzburg shahridagi Umpkva kollejiga boradi.
Amerika prezidenti u yerda qotillik qurbonlarining yaqinlari bilan yopiq eshiklar ortida suhbat qurishni rejalashtirgan.
Bu haqda Reuters Oq uy vakili bergan ma'lumotlarga asoslanib xabar berdi.
Bundan avvalroq esa mazkur jinoyatni sodir etgan jinoyatchi Kris Xarper Merserning otasi Yan Merser o‘g‘lining butun boshli qurol-yarog‘ kolleksiyasini to‘plaganini ma'lum qilib, bu borada nazoratni kuchaytirishni talab qilib chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktabr kuni 26 yoshli Kris Xarper Merser ismli shaxs Amerikaning Oregon shtatidagi Umpkva kolleji hududida otishma sodir etgan edi. Oqibatda 10 kishi, jumladan, jinoyatchining o‘zi ham halok bo‘lgan. Yetti kishi esa turli darajada jarohat olgan.