Iqtisodiyot | 16:15 / 06.10.2015
4636
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Gruziyadan mahsulot importini oshirdi

2015 yil yanvari-avgustida Gruziyadan O‘zbekistonga olib kirilayotgan tovarlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 74 foizga oshdi.

Biznes Gruziya” nashrining xabar berishicha, hisobot davrida Gruziyaning MDH davlatlariga umumiy eksport hajmi 556 mln dollarga qisqargan.

Gruziya O‘zbekistonning eng muhim tashqi savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv 1995 yil 4 sentabrda Toshkentda imzolangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish