O‘zbekiston | 17:52 / 06.10.2015
3664
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kabel korxonalari modernizatsiyasiga 14.3 mln dollar pul ajratiladi

2020 yilga qadar O‘zbekistonning kabel korxonalarini modernizatsiya qilishga 14.3 mln dollar ajratiladi. Ushbu jarayonda Xitoyning Gulf Cable Trading Company tashkiloti faol ishtirok etadi.

Ushbu xorijiy kompaniya tomonidan Navoiy erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan Navoi Cable Connector korxonasini modernizatsiya qilishga 2 mln dollar qaratiladi. Bundan tashqari, u 2019 yilga qadar “O‘zkabel” AJga ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishga yordam beradi.

2014 yilda, “O‘zeltexsanoat” AK ma'lumotlariga qaraganda, mamlakatda mavjud 7 kabel korxonalarining elektrotexnik sohadagi ulushi 53.7 foizni tashkil qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish