Jahon | 17:30 / 06.10.2015
4616
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlari IShIDga qarshi qaratilganini ta'kidladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Suriyada amalga oshirayotgan harbiy harakatlari terrorchilik ekstremistik guruhlarga qarshi qaratilgan harakat ekanini ta'kidllab o‘tdi. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi xabar tarqatdi.

«Rossiya prezidenti ham, harbiy rahbarlarimiz ham bir necha marotaba ta'kidlab o‘tganidek, bizning Suriya hududidagi harbiy harakatlarimiz u yerda o‘rnashib olgan terrorchilik va ekstremistik guruhlarga qarshi qaratilgan. Bunday guruhlar Suriyada juda ko‘p», — deydi Peskov.

Oldinroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning Suriya hududidagi harbiy harakatlari mamlakatda taqiqlangan «Jyebhat an-Nusra», IShID va boshqa bir qator terrorchilik guruhlariga qarshi qaratilganini ta'kidlab o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 30 sentabrdan boshlab Suriya hududida o‘z harbiy operatsiyalarini boshlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish