Jahon | 18:06 / 06.10.2015
13037
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va AQSh samolyotlari Suriyada birinchi marta “ko‘rishishdi”

AQShning Turkiyadagi aviabazadan parvozlarni amalga oshiradigan F-16 qiruvchilarining uchuvchilari Suriya osmonida birinchi marta Rossiya samolyotlariga duch kelishdi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Charlz Braun CBS telekanaliga bergan intervyusida xabar qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya samolyotlari AQSh samolyotlariga 30 km masofagacha yaqinlashishgan, shu bois ikki tomon ham bir-birin kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
“Uchuvchisiz samolyotimizga bor-yo‘g‘i bir necha mil masofaga yaqinlashishdi, uchuvchilar tomonidan boshqariladigan samolyotlarimiz bilan ularning orasidagi masofa esa 20 mildan oshmadi”, - dedi zobit.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Rossiya mudofaa vazirliklari Suriyadagi harakatlarini muvofiqlashtirish borasida hujjat tayyorlayotganliklari ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish