Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va AQSh Suriyadagi harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hujjat tayyorlamoqda
Rossiya va AQSh harbiylari Suriyada olib borilayotgan IShIDga qarshi operatsiyalar chog‘idagi xatti-harakatlarni muvofiqlashtirib borish yuzasidan hujjat tayyorlamoqdalar. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov bayonot berdi.
“Afsuski, amerikaliklar bizning hamkorligimizni faqat uchuvchilar o‘rtasida aloqalarning texnik jihatlari bilan cheklamoqda. Amerikaliklar bizga hujjat yetkazishdi, o‘sha bo‘yicha ishlamoqdamiz. Bosh shtabda bu hujjat umuman olganda ma'qullandi, biz uning mundarijasi ustida ishlamoqdamiz”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.