O‘zbekiston | 16:07 / 06.10.2015
6364
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi avtoturargohlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 715 ming dona avtomobil bor

Rossiya avto turargohlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 715 ming dona avtomobil bor. Bu haqda «Avtostat» nashri xabar tarqatmoqda.

Bu mamlakat bo‘yicha yettinchi ko‘rsatkich sanaladi. 40ta davlatning ichida O‘zbekistondan oldingi o‘rinlarda Yaponiya, Germaniya, Janubiya Koreya, Buyuk Britaniya, Ukraina va Fransiya davlatlari joy olishgan. Shuningdek mamlakatda 41 milliondan kam bo‘lmagan miqdorda Rossiyaning o‘zida ishlab chiqarilgan avtomobillar harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, joriy yilning 8 oktabr kuni Moskvada o‘zbekistonlik avtomobil ishlab chiqaruvchilar Ravon brendining taqdimotini o‘tkazishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish