Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tyantszin fojiasi hududida xiyobon barpo qilinadi
Shu yilning 12 avgust kunida Xitoy shimolidagi Tyantszin shahrida yuz bergan kuchli portlashlar hududi o‘rnida xiyobon yaratiladi. Xinhua axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu haqida Binxay tumani ma'muriyati ma'lumot bergan.
Tegishli loyihaga ko‘ra, xiyobon maydoni 34 ga bo‘ladi. Ma'muriyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, kishilar bu xiyobonda hordiq olishlari, dam olish kunlarini ko‘ngilli ravishda o‘tkazishlari va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, portlash hududida sun'iy ko‘l barpo etish, savdo markazi hamda sport majmualari yaratish variantlari ko‘rib chiqilmoqda.
Xinhua agentligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda portlash hududidagi 46 ming kv m maydonga gazon yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni "Juyxuy" kompaniyasining omborxonasida yuz bergan portlash tufayli 173 kishi halok bo‘lgan, 800 nafar kishi jarohatlangan. Portlash to‘lqini o‘shanda 2 km masofadagi binolarning oynalarini to‘kib tashlagan va atrofdagi minlab mashinalarni yaroqsiz holga keltirgandi.