Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada chet ellik yollanma jangchilar legallashtirildi
Ukraina Oliy Radasi “Ukraina Qurolli Kuchlarida chet el fuqarolarining harbiy xizmat o‘tashi to‘g‘risida”gi qonunni ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Uning qabul qilinishini 229 deputat yoqlab chiqdi.
Matnga ko‘ra, qonun loyihasidan ko‘zlangan maqsad Ukraina qurolli kuchlari harbiy salohiyatini oshirish, mamlakat sharqidagi urush oqibatida ko‘rilgan moliyaviy va insoniy zararni qisqartirish.
Ukraina deputatlarining ishonishicha, bu qonun tufayli Ukraina armiyasi ming kishilik yaxshi qurollangan va sifatli tayyorgarlikka ega bir nechta bo‘linmaga ega bo‘ladi.