O‘zbekiston | 10:25 / 07.10.2015
2362
1 daqiqa o‘qiladi

30 oktabrdan Toshkent-Riga yo‘nalishi bo‘ylab muntazam parvozlar boshlanadi

Joriy yilning 30 oktabridan parvozlarning qishki jadvaliga muvofiq, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Riga shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.

Parvozlar Toshkent-Riga-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab haftada bir marotaba, juma kuni bajariladi, deb xabar qiladi aviakompaniyaning axborot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Riga-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha haftaning yettinchi kunlari doimiy qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish