Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:14 / 07.10.2015
4079
1 daqiqa o‘qiladi
Adanda Saudiya koalitsiyasining 15 askari halok bo‘ldi
Seshanba, 6 oktabr kuni Yamandagi Adan shahridagi bir qancha obektlarga uyushtirilgan hujumda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning 15 askari o‘ldirildi. Bu haqda BAA tashqi ishlar vaziri Anvar Muhammad Gargash aytib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, o‘ldirilganlarning 4 nafari BAA askarlaridir.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, hujumda 4 avtomobil ishtirok etgan. Ular shaharning koalitsiyaning al-Burayqa tumanida joylashgan obektlarini nishonga olishgan. Jinoyatchilarning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish