O‘zbekiston | 14:17 / 07.10.2015
6024
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadan pul olib kelayotgan kirakash aldab ketildi

Farg‘onadan pul olib kelayotgan kirakash aldab ketildi. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida keltirildi.
Aytilishicha, farg‘onalik A. Hakimov ismli shaxs Toshkentda yashovchi kuyoviga pul yubormoqchi bo‘lib, bu pullarni bir kirakashga berib yuborgan. Yo‘l-yo‘lakay kira mashinasida kelayotgan Jumanazar ismli shaxs avtomobilda katta miqdordagi pul borligini aniqlab, firib ishlatdi: mashinadan tushib, tanishi Sobirga qo‘ng‘iroq qildi hamda unga haydovchining raqamini berdi.

Sobir haydovchiga qo‘ng‘iroq qilib, A. Hakimovning kuyovi bo‘lishini, telefoni o‘chib qolganini aytib, boshqa joyda uchrashishga taklif qildi va pullarni osonlikcha olib ketdi.
Aldanganini tushunga haydovchi tegishli organlarga murojaat qildi. Qalloblar tez orada qo‘lga olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish