Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Rossiya va AQSh Suriyada o‘zlarini aqlsiz tutmoqda
Vladimir Putin Suriyada harbiy kampaniya o‘tkazib, shu yo‘l bilan o‘zining Yaqin Sharqdagi o‘rnini mustahkamlamoqchi, deb hisoblaydi The Financial Times nashri.
Shu bilan birga, kolumnistning fikriga ko‘ra, yaqinda Rossiya yetakchisi AQSh allaqachon tushunib yetgan narsani anglaydi: g‘alaba nisbiy tushunchadir.
2003 yili Iroqqa kirgan AQSh mintaqada urush botqog‘iga botib qoldi va bir olam dushman orttirdi. Shialar va sunniylar to‘qnashuvlari alaloqibat IShIDning maydonga kelishiga zamin yaratdi. Shu bois Putin BMTdagi oxirgi chiqishida: “Nimalar qilib qo‘yganingizni tushunasizmi?” so‘rog‘i bilan AQSh rasmiylariga yuzlandi.
Rossiya operatsiyasi sunniy qochqinlar oqimini yanada ko‘paytiradi. Turkiya, Livan va Iordaniya to‘lib-toshib bo‘ldi, Yevropadagi inqiroz esa yanada kuchayadi.
Liviyalik siyosatchi Valid Jumbulat Suriyadagi demografik muvozanat izdan chiqqanini ta'kidladi: “7-8 mln qochqin hech qachon o‘z uylariga qayta olmaydi”.
AQSh o‘zining tengsiz harbiy salohiyati bilan ham mintaqani tinchlantira olmadi, shu bois Rossiyaning amaldagi qadamlari bu aqlsizlikning takrorlanishi bo‘ldi, deb xulosa beradi maqola muallifi.