Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grozniy merligi to‘ylarda ichish va o‘q otishni taqiqladi
Grozniy merligi chechen urf odatlari va an'analariga muvofiq to‘y marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha yangi bo‘yruq chiqardi. Hujjat Grozniy merligi madaniyat departamentida e'lon qilindi.
Buyruqqa ko‘ra, to‘y marosimlari bo‘lib o‘tayotganda har qanday turdagi o‘q otar quroldan foydalanish va spirtli ichimlik ichish taqiqlandi.
Bundan tashqari, buyruqda o‘yinga tushishga taklif qilish, raqs paytida yigit qiz bilan masofani saqlashi, qizlarga esa raqs paytida yigitlar bilan “tenglashmasligi” ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, chechen to‘ylarida kelinning raqs tushishi va tort kesishi ham taqiqlandi.
Bo‘ruqda keltirib o‘tilgan qoidalarga amal qilinmagan taqdirda, marosim o‘tayotgan restoran yoki banket zali ma'muriyati darhol politsiya chaqirishi majbur. Hujjat sentabr oyida chiqarildi va ayni damda amalda.