Jahon | 16:15 / 07.10.2015
4645
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Rossiyadan IShIDga qarshi kurashishda yordam so‘rashi mumkin

Rasmiy Bag‘dod yaqin kunlarda o‘z hududida harakat qilayotgan IShID jangarilari pozitsiyalariga aviazarbalar berish bo‘yicha Rossiyaga murojaat yo‘llashi mumkin. Bu haqda Iroq parlamenti mudofaa qo‘mitasi rahbariga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, parlamentariy “Iroq IShIDga qarshi kurash ishida AQShdan ko‘ra Rossiya muhimroq o‘rin tutishini istaydi”, deb ta'kidlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish