Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemeron Yevropa Ittifoqi “boshqarish va aralashishlarni juda yaxshi ko‘radi”, deb hisoblaydi
Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron “juda katta” Yevroittifoqni “boshqarish va aralashishlarni juda yaxshi ko‘rish”da aybladi.
“Ishonasizmi, menda YeI va uning tuzilmalariga nisbatan romantik muhabbat tuyg‘usi yo‘q, - dedi u konservatorlar anjumanida so‘zga chiqar ekan. – Men Britaniyaning muzokaralarda o‘z pozitsiyasida qolishini qat'iy himoya qilaman”.
Britaniya hukumati 2015 yilning may oyi oxirida mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha qonun loyihasini parlamentga taqdim etgan edi. Ushbu masaladagi referendum 2017 yilning 31 dekabr kunidan kechikmagan muddatda bo‘lib o‘tishi belgilangan.