Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:28 / 07.10.2015
2434
1 daqiqa o‘qiladi
Nazarboyev 3-4 noyabrda Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrif uyushtiradi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2015 yilning 3-4 noyabr kunlari Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda Qozog‘istonning ushbu mamlakatdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Britaniyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha vaziri Tobias Ellvud 8-9 oktabr kunlari Ostonada bo‘ladi. Bu Ellvudning Qozog‘istonga birinchi tashrifi bo‘ladi.
Safar chog‘ida Nazarboyevning javob tashrifining tashkiliy tomonlari batafsil muhokama qilinadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish