Jahon | 15:02 / 07.10.2015
9890
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Suriyada qo‘rqmagan g‘alaba qiladi

AQSh prezidenti Barak Obama Suriya ixtilofidagi ishtirokini faollashtirishdan qochayotgan bir paytda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirishga intilmoqda. Shunday ekan, The Weekly Standart nashrining fikricha, bu jangda eng jasur g‘alaba qozonadi.

Ko‘plab ekspertlar Suriyani 1979 yilgi Afg‘oniston kampaniyasi xatolarining takrorlanishi deb baholamoqda. Shu bilan birga, bu ixtilof Afg‘onistondagi vaziyatdan sezilarli farq qiladi.
Qochqinlar miqdorining ko‘pligi Putin qo‘llashi mumkin bo‘lgan Yevropaga nisbatan bosim quroli bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Uzoq yillar Rossiya Yaqin Sharqda ittifoqchi topa olmayotgan edi. Hozir bu vazifani Eron bajarishi kutilmoqda.

Qizig‘i, kolumnistning ta'kidlashicha, Rossiya va Eron shia kamchiligi tomonida turib kurashmoqda. Asadning ag‘darilishi oqibatida sunniylarning kuchayib ketishi har ikki davlat tomonidan xavf-xatar sifatida baholanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish