O‘zbekiston | 15:32 / 07.10.2015
4510
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari tashrif buyuradi

7 oktabr kuni O‘zbekistonga Rossiya harbiy delegatsiyasi ishchi tashrif bilan keladi.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, rossiyalik harbiy mutaxassislarga Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov boshchilik qiladi.

Ta'kidlanishicha, Rossiya harbiy delegatsiyasi 7 va 8 oktabr kunlari O‘zbekiston Mudofaa va Tashqi ishlar vazirliklari rahbariyati bilan muzokaralar olib boradi. Uchrashuvlar chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik, harbiy sohadagi istiqbollar va ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Mudofaa vazirining O‘zbekistonga eng so‘nggi tashrifi 2007 yilda bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha yilning may oyida o‘zbek Havo hujumiga qarshi mudofaa qismlarini zenit-raketa komplekslari bilan ta'minlash va axborotlar almashish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Hamkorlikning faollashuvi aviatsiya sohasiga ham tegishli edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish