Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston O‘zbekistonga boradigan suvni to‘sib qo‘ymoqda
Jalolobod viloyati Alobuqa tumani rahbariyati Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani aholisiga boradigan suvni deyarli to‘sib qo‘ydi.
Aytilishicha, ikki tuman suv xo‘jaliklari o‘rtasida sekundiga 0.1 kubometr suv yetkazish borasidagi kelishuv buzilib, Olabuqaning Oqtomidan Yangiqo‘rg‘onning Oqtomiga 0.005 kubometr suv o‘tkazilmoqda.
Suv me'yorining 20 barobar kamayishi paxta, meva va sabzavot vegetatsiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Qirg‘iziston tomoni bu holatni o‘z dalalariga suv yetshimayotganligi bilan tushuntirmoqda. Qirg‘iziston Oqtomining bosh mirobi Aktam To‘raqul Aydarov suv miqdorining bu yili kamayib ketganini ta'kidlamoqda.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Oqtomi aholisi qo‘shnilarining so‘zlarini inkor qilmoqda.
muallif: Dilbar Raxmatullayeva