Jahon | 19:03 / 07.10.2015
5146
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik ayol Ostonadagi osmono‘par bino derazasidan sakrab halok bo‘ldi

Qozog‘iston poytaxtidagi “Zumrad kvartal” biznes-markazi binosidan sakrab, olingan tan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi BNews.kz Ostona IIB matbuot xizmati xabariga asoslangan holda.

Hodisa 7 oktabr kunduzi poytaxtning ma'muriy markazidagi gavjum hududda sodir bo‘ldi.
Voqea joyida politsiya va tibbiy tez yordam xodimlari faoliyat olib bormoqda.
Guvohlarning aytishicha, ayol kishi 29-qavatdan o‘zini tashlab yuborgan.

Politsiya halok bo‘lgan ayolning shaxsini aniqladi. Ma'lum bo‘lishicha, Oqmola viloyatidan 57 yoshli o‘z joniga qasd qilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish