Jahon | 09:16 / 07.10.2015
5960
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya koalitsiyadan IShID pozitsiyalari haqida ma'lumot berishni so‘radi

Rossiya mudofaa vazirligi vakillari AQSh boshchiligidagi koalitsiya davlatlari harbiy attashelariga IShID jangarilari o‘rnashgan hududlar haqida ma'lumot berishni so‘radi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Bizning IShID pozitsiyalari haqidagi axborotimiz ko‘p bora tekshirilgan va aniqdir. Ammo IShIDga qarshi koalitsiya harbiy idoralarida qo‘shimcha ma'lumotlar bo‘lsa, ulardan bu ma'lumotlarni bizga taqdim etishni so‘raymiz”, - dedi general-polkovnik Andrey Kartapolov.

U, shuningdek, bunday axborot aviatsiya operatsiyalarini rejalashtirishda inobatga olinishini ta'kidladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish