Jahon | 19:42 / 07.10.2015
13156
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada "IShID" pozitsiyalariga Rossiya kemalaridan zarba berilgani videosini chop etdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada "IShID" jangarilari pozitsiyalariga Rossiyaning Kaspiy flotiga tegishli harbiy kemalardan qanotli raketalar bilan zarba berilgani tasvirlangan videoni chop etdi.

Avvalroq Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining Kaspiy floti kemalari Suriyada "IShID" jangarilariga qarshi operatsiyada ishtirok etishni boshlagani ma'lum qilingandi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytib o‘tdi. Shoyguning aytishicha, jangarilarga qarshi 26 ta raketa zarbasi berilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish