Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 11:06 / 07.10.2015
3283
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya-Qirg‘iziston rivojlanish jamg‘armasiga 1 mlrd dollarlik 130 murojaatnoma kelib tushdi
2015 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra Rossiya-Qirg‘iziston rivojlanish jamg‘armasiga umumiy miqdori 1 mlrd dollarni tashkil qiladigan 130 murojaatnoma kelib tushdi.
Aytilishicha, murojaatlarning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘iycha loyihalarga mo‘ljallangan (33 foiz). Shuningdek, ishlab chiqarish uskunalarini yangilash (20 foiz), kichik GESlar qurish (10.2 foiz), mehmonxona biznesi va turizm (10.1 foiz) kabi loyihalar ko‘zda tutilgan.