Jahon | 07:28 / 07.10.2015
6012
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya samolyotlari IShIDning harbiy qurollar saqlanadigan zavodini yo‘q qildi

Rossiya aviatsiyasi IShIDning Damashqdagi harbiy qurollar saqlanadigan zavodiga aviazarbalar berdi, deb ma'lum qilmoqda RIA «Novosti».
“Guta tumanidan (Damashq viloyati) uzoqda bo‘lmagan IShIDning harbiy qurollar zaxirasi joylashgan zavodiga Su-24M bombardimonchisi yo‘q qildi. Obekt aviazarbalar natijasida yakson etilgan”, — deb ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov.
6 oktabrda Rossiya aviatsiyasi IShIDning 12 obektiga zarba bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish