O‘zbekiston | 19:09 / 07.10.2015
5196
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahrida dabldekerlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

Samarqandda dastlabki ikki qavatli avtobus – dabldekerlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘zbekturizm» korxonasi vakili Farrux Rizayev Toshkentdagi sayyohlik yarmarkasi vaqtida ma'lum qilgan deb yozadi Sputnik nashri.

Uning so‘zlariga bu g‘oyaga sayyohlik firmalaridan birining tavsiyasi sabab bo‘lgan. Toshkentda mazkur ekskursiyaga mo‘ljallangan avtoulovning harakati samarali kelgani ta'kidlangan.

«Samarqand — O‘zbekistonning asosiy sayyohlik brendi. Qadim shahar hududiga bu kabi yangi turdagi avtoulovlarni joriy qilish yaxshi natija beradi deb hisoblaymiz», — deydi Rizayev.

Rizayev shuningdek, dastlabki bosqichda Samarqandga oltita shu turdagi avtobuslar xitoylik ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadi. Zaruriyatga qarab bu avtobuslar soni oshishi mumkin.

Avtobuslarda sakkiz tilda Samarqand va uning tarixi buguni haqida so‘zlab beruvchi audiogidlar yangrab turadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish