Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat Toshkent agregat zavodining asosiy aksiyadoriga aylanadi
Toshkent agregat zavodi “O‘zagrosanoatmashxoldding” xolding kompaniyasi ustav fondiga 98.14 foiz aksiyalarini berib yubordi. Bu haqda kompaniya xabarnomasi orqali xabar qilindi.
Aktsiyalar davlat rahbari 2015 yil 15 mayida tasdiqlagan “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq xolding tarkibiga o‘tkazilgan. Ushbu hujjat doirasida mashinasozlik korxonalari strukturasida o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Shu tariqa, korxonaning asosiy aksiyadoriga davlat aylanmoqda.