Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eshton Karter Suriyadagi operatsiya Moskva uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini aytdi
AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Rossiyaning Suriyadagi harakatlari Rossiyaning o‘zi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘ladi, deb aytdi.
"Rossiyaning Suriyadagi harakatlari Rossiyaning o‘zi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘ladi" deb aytdi Pentagon rahbari Bryusselda jurnalistlarga. "Men yaqin kunlarda rossiyaliklar Suriyada yo‘qotishlarga uchrashlarini kutmoqdaman", deb qo‘shimcha qildi Karter.
Rossiya 30 sentabrdan beri Suriyada IShID pozitsiyalariga aviazarbalar berib kelmoqda. AQSh boshchiligidagi koalitsiya 2014 yilning sentabridan BMT Xavfsizlik kengashini chetlab o‘tgan holda Suriyada IShID pozitsiyalariga zarba berib kelmoqda va o‘z harakatlarini Suriya hukumati bilan muvofiqlashtirmaydi.