Jahon | 12:21 / 08.10.2015
4409
1 daqiqa o‘qiladi

FT: Britaniya NATOning Boltiqbo‘yidagi harakatlarida ishtirok etadi

Buyuk Britaniya Boltiqbo‘yi mintaqasida NATO qurolli kuchlarini uzoq muddatga joylashtirishda Germaniya va AQSh bilan hamkorlik qiladi. The Financial Times nashrining yozishicha, bu tadbir Rossiya agressiyasining oldini olish uchun amalga oshirilmoqda.

“Biz qirollik havo kuchlari samolyotlarini Boltiqbo‘yicha joylashtirmoqdamiz va Ukraina qurolli kuchlarining tayyorgarligini amalga oshirmoqdamiz. Endi Boltiqbo‘yi va Polshada muntazam kuchlarimiz turadi”, - dedi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish